Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
2025-yil 15-oktyabr kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida barcha guruh o‘quvchilari o‘rtasida "Badminton" sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi: I-o‘rin: 7-25-guruh jamoasi; II-o‘rin: 3-25-guruh jamoasi; III-o‘rin: 1-25-guruh jamoasi. G‘olib bo‘lgan jamoalar texnikum rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.