• iconDo'stlik 2-mavzesi, 4-uy, Toshkent
  • iconttvammt.2025@gmail.com

Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)

Toshkent Turizm va Madaniy Meros texnikumi

icon

Biz bilan bog'laning:

+998-71-257-77-77

Kasbiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida texnikumlardagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi

Kasbiy ta’lim sifatini oshirish maqsadida texnikumlardagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi

9-Fevral, 2026-yil 19:09

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent shahridagi texnikumlarda bo‘lib, o‘quv jarayonlari va moddiy-texnika ta’minoti holatini o‘rgandi. Sergeli tuman politexnikumida oshpazlik, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va tikuvchilik amaliyoti xonalari, Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida esa TIKA hamkorligida tashkil etilgan mehmonxona xizmati xonasi va oshpazlik ustaxonalari bilan tanishildi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayoniga xalqaro hamkorlar va ish beruvchilarni jalb etish masalalari muhokama qilindi. Texnikum o‘quvchilari bilan suhbatda ularning amaliy tajribasi masalaga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni ishlab chiqarish korxonalarida amaliy bilimlar olishi va shu orqali mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishlari muhimligi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/89250