• iconDo'stlik 2-mavzesi, 4-uy, Toshkent
  • iconttvammt.2025@gmail.com

Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)

Toshkent Turizm va Madaniy Meros texnikumi

icon

Biz bilan bog'laning:

+998-71-257-77-77

TIKA bilan yangi ufqlari: Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va amaliyot hamkorligi

TIKA bilan yangi ufqlari: Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va amaliyot hamkorligi

15-Aprel, 2026-yil 16:49

Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi direktori S.A. Ganixodjayev hamda TIKA tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esen Acar Ergin va rahbar o‘rinbosari Ali Yusel o‘rtasida strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida Turkiya universitetlari bilan "2+3" hamkorlik dasturini yo‘lga qo‘yish, texnikum o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun Turkiyaning nufuzli mehmonxona hamda restoranlarida ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish masalalari kelishib olindi. Shuningdek, Turkiyadan qaytgan vatandoshlarimizni ish bilan ta’minlash maqsadida oshpazlik, qandolatchilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida qisqa muddatli professional kurslarni tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.