Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
2026-yil 9-aprel kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining navbatdagi yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi oqilona siyosati hamda ulkan bunyodkorlik ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Asosiy e’tibor yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va milliy qadriyatlarimizga hurmatni mustahkamlashga qaratildi. Mazkur kecha o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish bilan birga, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.