Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbir davomida ayol zotining oila va jamiyatdagi beqiyos o‘rni, ona siymosining muqaddasligi hamda ayollarning ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi haqida so‘z yuritildi. Ayol — mehr-shafqat timsoli va kelajak avlodni voyaga yetkazuvchi buyuk kuch ekanligi alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar bilan samimiy suhbat tarzida o‘tgan mashg‘ulot yoshlarda ayollarga nisbatan yuksak hurmat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.