Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchilari tomonidan yoshlarni zamonaviy kasblarga qiziqtirish maqsadida maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur reja asosida texnikumimizning malakali pedagoglari hududdagi 291 va 293-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Uchrashuvlar davomida maktab o‘quvchilariga turizm sohasi imkoniyatlari, texnikumda mavjud yo‘nalishlar va ta’lim olish uchun yaratilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu kabi tadbirlar bitiruvchi yoshlarning kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ko‘maklashishga xizmat qiladi.