Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida dual ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olgan bitiruvchilar uchun Yakuniy Davlat Attestatsiyasi imtihonlari o‘tkazildi. Sinovlar davomida yosh mutaxassislar o‘quv jarayonida egallagan nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan bog‘lagan holda namoyish etdilar. Har bir bitiruvchi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, imtihon komissiyasi a’zolariga o‘z mahoratlarini amalda ko‘rsatib berdi. Bu jarayon talabalarning mehnat bozoriga naqadar tayyor ekanliklarini yana bir bor isbotladi.