Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 2-aprel kuni Yangihayot tumani hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi hamkorligida “Hammaga ish bor” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda “IMZO”, “Simma Hotel”, “Health line”, “12-avtopark” va “MKbank” kabi 20 dan ortiq yirik korxona va tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Yarmarka davomida texnikum bitiruvchilari va ishsiz fuqarolar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar oldilar. Bu kabi tadbirlar yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlashda muhim ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.