• iconDo'stlik 2-mavzesi, 4-uy, Toshkent
  • iconttvammt.2025@gmail.com

Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)

Toshkent Turizm va Madaniy Meros texnikumi

icon

Biz bilan bog'laning:

+998-71-257-77-77

Mahalla obodligi — yurt obodligi: Texnikumda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi

Mahalla obodligi — yurt obodligi: Texnikumda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi

15-Aprel, 2026-yil 17:44

Joriy yilning 14-mart kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi jamoasi hamda barcha guruh o‘quvchilari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishdi. Tadbir doirasida texnikum hududi va unga tutash maydonlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi hamda yangi ko‘chatlar ekildi. Bu kabi ezgu tashabbuslar nafaqat atrof-muhitni ozoda saqlashga, balki yoshlar o‘rtasida hamjihatlik va mehnatsevarlik fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.