Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida “Kelajak soati” doirasida “Mehnatning tagi — rohat” mavzusida mazmunli mashg‘ulot o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga halol mehnatning inson kamolotida tutgan o‘rni, muvaffaqiyatga erishishda sabr va intilishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Buyuk ajdodlarimiz hayotidan keltirilgan ibratli misollar orqali mehnatsevarlik fazilati yoritib berildi. Interaktiv ruhda o‘tgan darsda yoshlar o‘z maqsadlariga erishish uchun bilim olish va tinimsiz mehnat qilish zarurligini anglab yetdilar.