• iconDo'stlik 2-mavzesi, 4-uy, Toshkent
  • iconttvammt.2025@gmail.com

Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)

Toshkent Turizm va Madaniy Meros texnikumi

icon

Biz bilan bog'laning:

+998-71-257-77-77

Yangi hamkorlik: Texnikum va harbiy qism o‘rtasida Memorandum imzolandi

Yangi hamkorlik: Texnikum va harbiy qism o‘rtasida Memorandum imzolandi

15-Aprel, 2026-yil 15:51

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi hamda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari tarkibidagi 31829-son harbiy qism o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Qurolli Kuchlarga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tuzildi. Memorandumning bosh maqsadi — Yangihayot tumani, “Binokor” qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning intellektual salohiyati va kasbiy bilimlarini oshirishdir. Kelishuvga muvofiq, harbiy xizmatchilar uchun “Erkaklar sartaroshi” hamda “Oshpazlik” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Bu yoshlarning zamonaviy amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash va ularning kelgusida kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.