Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi o‘qituvchilari tomonidan yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu reja ijrosini ta’minlash maqsadida, texnikumimizga yaqin hududda joylashgan 6-umumta’lim maktabining 9 va 11-sinf bitiruvchilari muassasamizga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar barcha o‘quv va amaliyot xonalari bilan yaqindan tanishib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Zamonaviy jihozlangan xonalar va dars jarayonlari maktab o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi. Muloqot yakunida ko‘plab bitiruvchilar o‘zlari qiziqqan mutaxassisliklar bo‘yicha aynan bizning texnikumda o‘qish niyatida ekanliklarini bildirdilar.