Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 10-fevral kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi o‘quvchilari “Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi🌳?” shiori ostidagi ekologik-huquqiy tadbirda faol ishtirok etishdi. Chilonzor tumanidagi Hamshiralar akademiyasida o‘tkazilgan ushbu tadbir texnikum va litseylar o‘rtasidagi do‘stona bellashuvga aylandi. O‘quvchilar 5 ta shart asosida o‘z bilim va iste’dodlarini namoyish etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ekologik-huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tabiatni asrash va "yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlarining innovatsion takliflarini taqdim etdilar.