Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 17-mart kuni texnikumda “Sog‘lom ovqatlanish: sog‘lom hayot kaliti” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni O‘IBDO‘ I.Q.Xudoynazarov ochib berib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida to‘xtaldi. So‘ngra texnikum o‘qituvchisi R.A. Masharipova ma’ruza qilib, to‘g‘ri ovqatlanish tushunchasi, uning parhezdan farqi hamda oqsil, yog‘ va uglevodlar muvozanati haqida batafsil ma’lumot berdi. JSST tavsiyalariga tayangan holda, to‘g‘ri ratsion yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z salomatliklarini mustahkamlash bo‘yicha muhim amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.