Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) vakillari D.Avezov, A.Mamadiyev, O.Qalandarov va I.Tuyevlardan iborat delegatsiya texnikum o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va mahalla tizimida xavfsiz muhit yaratishdan iborat. Muloqot davomida o‘quvchilar qonun ustuvorligi va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha mutaxassislardan batafsil ma’lumot va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.