Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Xalqaro hamkorlik doirasida Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi “Turizm" yo‘nalishi o‘qituvchisi Ismoilova Kamola Hindistonning Dehli shahrida o‘tkazilayotgan 10 kunlik o‘quv dasturida ishtirok etmoqda. Dehli universitetining "Continuing Education and Extension" bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ushbu dastur “Advancing Professional Competence in Tourism and Hospitality” deb nomlanadi. O‘quv jarayonida jahon turizmidagi zamonaviy tendensiyalar, madaniy merosni boshqarish va raqamli marketing kabi yo‘nalishlarda tajriba almashilmoqda. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Toj Mahal va Qizil qal’a kabi tarixiy ob’yektlar misolida Hindistonning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.