Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 19-mart kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida ishlab chiqarish ta'limi bo'yicha direktor o'rinbosari M.A. Abdullayevaning ilmiy yutug‘iga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Texnikum direktori S.A. Ganixodjayev M.A. Abdullayevaning “O‘quv-amaliy oshxona orqali dual ta’limni tashkil etish va uning samaradorligi” mavzusidagi maqolasi “Universal Insights Conference on Science and Society” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilganini e’lon qildi. Maqolada dual ta’lim tizimini samarali tashkil etishning innovatsion modeli sifatida o‘quv-amaliy oshxona faoliyati tahlil qilingan. Ushbu ilmiy ish texnikumda ta’lim sifatini oshirish va nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish masalalarini ilmiy asoslab beradi.