• iconDo'stlik 2-mavzesi, 4-uy, Toshkent
  • iconttvammt.2025@gmail.com

Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)

Toshkent Turizm va Madaniy Meros texnikumi

icon

Biz bilan bog'laning:

+998-71-257-77-77

Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi jamoasi "VII Hotel Business Forum–2026"da ishtirok etdi

Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi jamoasi "VII Hotel Business Forum–2026"da ishtirok etdi

18-Fevral, 2026-yil 9:14

Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasining tegishli xatiga asosan, 2026-yil 13–14-fevral kunlari o‘tkazilgan “VII Hotel Business Forum–2026” doirasida Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi rahbariyati, maxsus fan pedagoglari va o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Mazkur forum mehmonxona va restoran biznesi vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda kasbiy ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganishga xizmat qildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan dual ta'lim tizimi afzalliklari bo‘yicha to‘liq tushuntirishlar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.