Murojaatlar vaqti: 9:00 - 17:00 (Dushanba - Shanba)
Joriy yilning 12-mart kuni Toshkent turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan muhim uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Yangihayot tumani hokimligi, prokuratura, Yoshlar ishlari agentligi va bank mutasaddilari ishtirok etishdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 32 ta muhim tashabbus hamda yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlarning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazishdir. Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar bandlik, tadbirkorlik va ta’limga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.